1. FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SUD HUQUQ
ISLOHOTLARINI CHUQUQRLASHTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI
O'zMU Huquqshunoslik fakulteti
4 bosqich talabasi
Baymuratov Jonibek
Sud tizimi har bir demokratik davlat hayotining ajralmas bogini bolib, jamiyatda
qonun ustuvorligi tamoyilini mustakamlash orqali adolat tarozisining barqaror faoliyatini
taminlashga xizmat qiladi. Bu yolda esa u inson huquq va manfaatlarining eng qudratli
himoyachisiga aylanadi.
Istiqlolni qolga kiritgan ilk damlardanoq mamlakatimiz aynan shu omilning oz
taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini chuqur anglagan holda sud tizimini rivojlantirishga
va uning barqarorligiga erishishga butun etiborini qaratdi.
Shu kungacha ushbu vazifani ado etish yolida koplab dasturlar va loyihalar ishlab
chiqilib, salmoqli ishlar amalga oshirildi, ammo bugungi kunimizga asoslanib aytishimiz
kerakki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
bu orinda ozgacha ahamiyat kasb etadi. Konsepsiya davlatchiligimizning kelgusidagi
taraqqiyotini belgilab beruvchi islohotlar loyihasi sifatida xizmat qiladi. Unda soz
yuritilgan dolzarb masalalar orasida, ayniqsa, mamlakatimiz sud tizimiga bevosita
dahldor bolgan fikrlar alohida etiborga sazovordir. Konsepsiyada ilgari surilgan bu
boradagi takliflar sud hokimiyati faoliyatining kelajagiga beqiyos tasir etishini etirof
etish orinlidir. yana shuni takidlash kerakki, unda hal etilishi kozda tutilayotgan barcha
muammolar, shu jumladan, sud tizimi sohasini qamrab oluvchi masalalar boyicha
takliflar bugungi kun talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bolib,
mamlakatimizda demokratiya tamoyillarining yanada chuqur ildiz otishiga tola asos
bola oladi. Buni quyidagi holatlarni korib chiqish orqali dalillash mumkin:
Birinchidan, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Ozbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksining 29- va 31- boblariga ozgartirish va qoshimchalar
kiritish taklif etiladi.1
Bularga asosan sudga qadar ish yurituv bosqichida qollanadigan
protsessual majburlov choralari, yani lavozimidan chetlashtirish va shaxsni tibbiy
1
I.A.KarimovOzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi
qoshma majlisida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi 24 bet
2. muassasaga joylashtirish kabilarni faqat sudyaning sanksiyasi asosida qollash tartibining
joriy etilishi kozda tutiladi. Ushbu vakolatlarning prokuraturadan sud organlariga
otkazilishi Prezidentimiz I.A.Karimov tabiri bilan aytganda: surishtiruv va dastlabki
tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish, jinoyat protsessida Xabeas korpus
institutini qollash sohasini yanada kengaytirish imkonini beradi. Bu bilan sudlarning
huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatidagi rolini mustahkamlashga erishilib,
mamlakatda sud hokimiyatining faoliyati yanada mukammallashtiriladi. Bundan tashqari,
ushbu islohot orqali prokuraturaning oz maqsadlariga mos kelmaydigan funksiyani
bajarishdan forig bolishiga ham erishiladi. Qolaversa, prokuratura organlari butun
etiborini ozining asosiy vazifasini amalga oshirishga, yani mamlakatda qonunlarning
ijro etilishi ustidan nazoratni olib borishga jalb etadi.
Ikkinchidan, konsepsiyada Ozbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual
kodeksining 439-moddasiga ozgartirish kiritish, yani birinchi instansiya sudida ish
boyicha ayblov xulosasini oqib eshittirish majburiyatini faqat prokuror vakolatiga
kiritishni kozda tutadigan norma ornatish taklifi ilgari suriladi.1
Bu borada davlat
rahbari quyidagi fikrlarni bayon etadi; amaldagi qonunchilikda davlat ayblovchisi,
yani prokurorning sud majlisida ayblov xulosasini oqib eshittirish boyicha majburiyati
aniq belgilanmagan. Shuning uchun ayblov xulosasi kopincha sudyalar tomonidan oqib
eshittiriladi... Jinoyat protsessual qonunchiligiga yuqorida korsatib otilgan normaning
kiritilishi sudning mustaqilligi, holisligi, begarazligini taminlashga, jinoyat protsessida
tortishuvni kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu bilan, avvalo, sud jarayonini puxta olib
borishga va aniq tashkillashtirishga erishilsa, ikkinchidan, masalani tolaqonli yoritish,
vaziyatga togri baho berish, muammolarga aniq echim topish va nihoyat, sud
tomonidan togri hukm chiqarilishi imkoniyati oshadi. Bundan tashqari, davlat
ayblovining sudlarning asosiy vazifasi bolmish odil sudlovni amalga oshirishga muvofiq
kelmaydigan jihati shunda korinadiki, bu holat sudlarning mustaqilligi va holisligi
tamoyillarining buzilishiga yoxud shu haqidagi tasavvurlarning kelib chiqishiga sabab
bolishi mumkin. Binobarin, sud faqat odil sudlovni amalga oshirishi lozim. Agar u
davlat ayblovini ham elon qiladigan bolsa, uning ayblanuvchiga nisbatan salbiy
1
Osha joyda.
3. munosabatda ekanligi togrisida tasavvur paydo boladi, oqibatda bu holat sudlarning
betarafligi prinsipiga putur etkazadi.
Uchinchidan, Konsepsiyada yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Jinoyat
protsessual kodeksining 321-moddasidan sudning jinoyat ishi qozgatishga doir
vakolatini chiqarish taklifi ham oz aksini topgan. Yurtboshimiz takidlariga kora
jinoyat ishini qozgatish, avvalo, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, jinoiy
taqibni amalga oshiradigan boshqa huquqiy tartibot organlarining vazifasi
hisoblanadi1
Darhaqiqat, sud ozining butun diqqatini sudlov faoliyatini olib borish
ustida jamlashi zarur. Uning asosiy vazifasi bilan qamrab olinmaydigan boshqa hech
qanday funksiya uni bu faoliyatni samarali amalga oshirishiga halaqit bermasligi yoki
uning etiborini chalgitmasligi lozim. Aynan shuning uchun sudning jinoyat ishi
qozgatish vakolati ham yuqorida takidlab otilganidek, uning faoliyatining holisligi va
betarafligiga salbiy tasir korsatishi mumkin. Qolaversa, surishtiruv va dastlabki tergov
organlarining asosiy va professional vazifasini tashkil etadigan ushbu vakolatni amalga
oshirishga sudning hech qanday ehtiyoji yoqligini ham etirof etishimiz mumkin.
Sud tizimining buguniga asoslanib aytish mumkinki, shu kungacha amalga
oshirilgan say-harakatlar natijasida sud tizimini isloh etish borasida koplab yutuqlarga
erishildi. Jumladan, Xabeas korpus institutining joriy etilishi, bundan tashqari, Adliya
vazirligi huzurida Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy texnik va
moliyaviy taminlash departamentining tashkil etilishi, qolaversa, sud ishlarini korishda
kassatsiya tartibining isloh etilishi orqali apellyasiya instansiyasining joriy etilishi,
shuningdek, tuman va shahar prokurorlarining tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash
muddatlarini uzaytirish huquqlarining bekor qilinishi, shu bilan birgalikda, sud qarorlari
ijrosining toxtatib turish huquqining prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarilishi
mamlakatimizda demokratik islohotlarni kuchaytirish va sud tizimini rivojlantirish
borasida qoyilgan ildam qadamlardan boldi Ammo navqiron yurtimizning salkam
yigirma yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, huquqiy demokratik davlat va erkin
fuqarolik jamiyati qurishdek, buyuk maqsad yolida olga borayotgan Ozbekistondek
mamlakat uchun sud tizimini mustahkamlash va uning faoliyatini yanada
1
I.A.KarimovOzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi
qoshma majlisida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi 25 bet
4. mukammallashtirish bugungi kunning asosiy talabi hisoblanadi. Zero, bu tizim mamlakat
hokimiyatidagi ustunlarning biri bolib, uning barqarorligining garovi sanaladi. Shu
orinda Prezidentimiz konsepsiyasida zikr etilgan islohotlar boyicha ilgari surilgan
firklarni inobatga olish, ayniqsa, sud tizimining keyingi taraqqiyotida bevosita ahamiyat
kasb etuvchi takliflarni amaliyotga tadbiq etish joizligini etirof etish darkor. Binobarin,
konsepsiyada alohida urgu berilgan bu islohotlarni amalga oshirish yurtimizning jahon
hamjamiyatidagi rivojlangan davlatlar qatoridan orin egallashi uchun yanada mustahkam
zamin yaratadi. Sud hokimiyati faoliyatining mukammalligi qudratli mamlakatning
asosiy belgilaridan biri hisoblanadigan bugungi zamon sharoitini etiborga olib aytish
kerakki, farovon jamiyat barpo etishdek ulug maqsad sari intilayotgan mamlakatimiz
uchun bu juda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa ornida shuni takidlash orinliki, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan
ushbu konsepsiyada etirof etilgan islohotlarni hamda olga surilgan takliflarni
mamlakatimiz qonunchiligi tomonidan meyoriy huquqiy hujjatlar tarzida
mustahkamlash, ularni Oliy Majlis qonunlari va hukumat qarorlarida aks ettirish,
shuningdek, jamiyat hayotida va insonlar ongida qaror toptirish muqaddas manzil sari bel
boglagan yurtimizning oz maqsadlariga osonroq erishishiga xizmat qiladi.